• VIA Marokand - Boychechak

    Via Marokand

    Boychechak

    (VIA Marakana…)

    Shu ko`cha oxirida o`ngga yana bitta ko`cha bor,
    Tor ko`cha bor. (Chiroyli ko`cha)
    Xop, o`sha ko`cha qoq o`rtasida bitta shinam uy bor,
    Shinamgina uy bor.

    Oyna derazasi cheti gulli,
    Bu uyning egasi-yu bekasiga gullar yoqadi shekilli,
    Gullaridan o`rgilay.
    O`sha gullarining bittasini bersa, guli kamaymaydi.

    Oygul, Ra’nogul, Rizvongul, guli kamaymaydi,
    Lolagul, Nargizgul, bo`ldi!
    Besh, to`rt, uch, ikki, bir moychechak ketdi.

    Gul olay, ho, gul olay, gulzoringizdan gul olay,
    Shu ko`cha o`rtasida yuzta jo`ra-jo`ralardan
    To`yonaga to`y olay. (x2)

    Shu ko`cha oxirida o`ngga yana bitta ko`cha bor,
    Keng ko`cha bor. (Chiroyli ko`cha)
    Xop mayli, shu ko`chaning o`rtasida katta chinor bor,
    Baland chinor bor.

    Kecha-kunduz bu ko`cha shamolli,
    Chinorning barglariga, bilmadim-u, shamol yoqadi shekilli.
    Har kun tongda supuray,
    Supurgilar qolmasa, yorim ko`chasiga sochlarim supurgi.