• VIA Marokand - Salom muhabbat

    Via Marokand

    Salom muhabbat

    Erta bilan turdim, kayfiyatim zo`r,
    Derazamdan sekin termulsam,
    Bir qiz har kun o`tar yo kimnidir kutar,
    Nima bo`lar yoniga borsam?

    Erta bilan turdim, bekat tomon yurdim,
    Dugonam kelishini kutsam,
    Bir yigit har kun boqar, u menga juda yoqar,
    Nima qilaman yonimga kelsa?

    Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
    Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
    Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
    Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?

    Salom muhabbat… Salom muhabbat…

    U qizni so`ginib, bekat tomon chiqdim,
    Men keldim, u nega kelmadi?
    Yo kelishim sezdi, yoqtirishim bildi,
    Bilib turib atay kelmadi.

    Erta bilan tursam, bekat tomon yursam,
    Men yoqtirgan yigit turardi.
    U kimnidir kutar, qo`llarida gullar,
    Afsus, nega meni ko`rmadi?

    Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
    Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
    Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
    Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?

    Salom muhabbat… Salom muhabbat…

    Boraymikan yaqinroq? (hayajondaman)
    Sevishim aytsam tezroq. (uyalmoqdaman)
    Bir umr qidirganim, (nahot o`zingsan?)
    Har kuni so`ginganim… (tanho sensan)

    Qarasam, kundan-kun sog`inarman har zum,
    Negadir uni ko`rsam, yurak urar duk-duk-duk.
    Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
    Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk? (x2)

    Salom muhabbat… Salom muhabbat… Salom muhabbat…