• Oy chiq, yulduz chiq,
    Kuni bo`yi kutdim, oqshom chiq.
    Chil-chillab, ko`l-ko`llab,
    Yorim yig`lar chak-chak.

    Tashqari havo ko`cha sovuq,
    Qizgina ko`zlari yosh.
    Ko`z yoshlari aralash yomg`ir,
    Yig`ladi kamalak qosh. (x2)

    Chak-chak, chak-chak,
    Ko`z yosh to`kilar qirmiz yuzidan.
    Chak-chak, chak-chak,
    Qiz yolg`iz turar tarnov yonida. (x2)

    Tarnov-tarnov,
    Tarnov-tarnov-tarnov-tarnov… (x2)

    Oy yuzi ko`rinadi qachon,
    Qaysi bulut orasidan?
    Tonggacha yig`ladi go`zal,
    Sochlari yelkasidan.

    Dilga sevgi olovini tutashtirgansiz,
    Mo`jizali boqar ikki shahlo ko`zingiz.
    Hayratdan o`zim holatimdan,
    Bundan bitta xulosa – men sizni sevaman!

    Chak-chak, chak-chak,
    Ko`z yosh to`kilar qirmiz yuzidan.
    Chak-chak, chak-chak,
    Qiz yolg`iz turar tarnov yonida. (x2)

    Oy chiq, yulduz chiq,
    Kuni bo`yi kutdim, oqshom chiq.
    Chil-chillab, ko`l-ko`llab,
    Yorim yig`lar chak-chak. (x1+x1)