VIA Sharq - Dunyo qo'shiq matni, lyrics

VIA Sharq

Dunyo

(Sonsiz yulduzlarga to`la osmoning,
Ko`z nuri yetgan joy sening makoning.
Kuylatmay qo`ymaydi biroq armoning,
Qalbimda qo`shiqqa tilangan sado.
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin,
Dunyo…)

Tilagim – tinmasin asriy buloqlar,
Dillardan yuvilsin g`uborlar, dog`lar,
Gulsiz va bulbulsiz qolmasin bog`lar,
Ohular ko`zida unsiz bir nido,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Qatrasi tanga jon, lablarga malham,
U yomg`ir, u dengiz, u mulki olam.
Bu mo`jiza qolsin bizdan keyin ham,
Suvday serob bo`l-u to`kilma aslo,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Tinchlik va baxt senga yor, {x2}
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Jangohlardan yiroq olam bor bo`lsin,
Dalaga don sochgan ko`klam bor bo`lsin,
Tinchlik so`zin yozgan qalam bor bo`lsin,
Daftarimda porlar muborak imzo,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Xilqatda xalqlar bor, dillar ko`p xushhol,
Biroq rang ajratmoq nechundir bu on?
Axir nomimiz ham yagona inson,
Barchamiz farzandmiz zaminga yakdon.
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Tinchlik va baxt senga yor, {x2}
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Yurtim, pok mehringdan quyosh nur olar,
Doning totgan qushlar ketolmay qolar.
Senda qo`nim topgan ne-ne daholar,
Yaxshilarga bag`ring ochiq doimo,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Otamga tengdoshsan, sochlaringda qor,
Onamga sirdoshsan, qalbingda bahor.
Senga aytar hali ko`p gaplarim bor,
Faqat bittasini aytdim bu asno,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo.

Tinchlik va baxt senga yor,
Tinchlik va baxt senga yor,
Tinchlik va baxt senga yor bo`lsin dunyo. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dunyo
Xonanda:
VIA Sharq
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2017