Via Sharq guruhi - Palov

VIA Sharq

Palov

Sehr to’la shoh taomda,
Dasturxonim hikmati,
Palov otlig’ mo’jizaning
Budir asl sharbati.

Sariq kokil erkatoyim –
Qozonga tush sabzixon,
Sening xushbo’y zirvagingga
Qaynasin butun jahon.

Bag’rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x2)

Dilginamning rohatisan
Ey, devzira quvvati,
Sen bilar yetilar shirin
O’zbegimning niyati.

Guruchxo’ja dur bo’ldiyu,
Palovxonni damladik,
Ko’k choy usti yoru do’stlar
Bir umrga jonlandik.

Bag’rimizga marhabo,
Marhabo-yu marhabo,
Na-na-na-na-na-na-na-hey.

Voh-voh palov-palov,
Dil sirdoshidir olov,
Oshpazning mehri bilan
Dunyoga kelar palov. (x6)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Palov
Xonanda:
VIA Sharq
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2015