• Vohid Abdulhakim - Kayfiyat

    Vohid Abdulhakim

    Kayfiyatim

    Kayfiyatim zo`r bugun,
    Xursandman hayotimdan.
    Odamlar mazza qilsin
    Ashulam, bayotimdan.

    Tongda bulbul ko`nglimni
    Xonish bilan oladi.
    Bugungi kun bilaman,
    Juda baxtli bo`ladi. (x2)

    Tog`lar boqib uzoqdan,
    Bag`riga meni chorlar.
    Esib mayin shabboda,
    Qalbimga ishq soladi.

    Kayfiyatim zo`r bugun,
    Xursandman hayotimdan.
    Odamlar mazza qilsin
    Ashulam, bayotimdan. (x2)

    Sevgan yorim men tomon
    Boqib misli farishta,
    Jilmayadi, aytadi:
    Uyni qildim sarishta.

    O`g`il-qizim quvnashib,
    Sakrashar qo`zichoqday.
    Baxtiyor etar meni
    Bir qiqirlab kulishda.

    Kayfiyatim zo`r bugun,
    Xursandman hayotimdan.
    Odamlar mazza qilsin
    Ashulam, bayotimdan. (x2)

    Boqdim yurtimning obod,
    Ozoda ko`chasiga –
    Kunduzi gavjum bo`lur,
    Osuda kechasiga.

    Ko`rkam, ajib binolar
    Yurtimning mahobati,
    Sayyohlar qoyil qolsin
    Kirib bir nechasiga.

    Kayfiyatim zo`r bugun,
    Xursandman hayotimdan.
    Odamlar mazza qilsin
    Ashulam, bayotimdan. (x2)

    Odamlar mazza qilsin
    Ashulam, bayotimdan.