• Ko`ngillarni ado qilgan,
    Ba’zan dilni yaro qilgan,
    Bevafolar xarob qilgan muhabbat.
    Ko`ngilni bog`lagan sensan,
    Yurakni dog`lagan sensan,
    Oshiqni chog`lagan sensan, muhabbat.

    Sevishganlar navosisan,
    Hijronlarning davosisan,
    Yoshlikning xush havosisan, muhabbat. (x2)

    Berguvchi ming jafo o`zing,
    Goho mehru-vafo o`zing,
    Ishq o`tiga shifo o`zing, muhabbat.
    Berguvchi ming jafo o`zing,
    Goho mehru-vafo o`zing,
    Ishq o`tiga shifo o`zing, muhabbat.

    Sevishganlar navosisan,
    Hijronlarning davosisan,
    Yoshlikning xush havosisan, muhabbat. (x2)