Bir nafaslik yo’l ekan ikki dunyo orasi,
Ko’z o’ngimdan hech ketmas ko’zlaringning qorasi.
Kuz yaprog’i singari xazonlarga aylanding,
Qiyomatga qoldimu endi diydor chorasi?

Yuzimga tomchilab yog’ardi yomg’ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg’ir. (x2)
Tosh qotgan yurakni o’yardi yomg’ir,
Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizim, dunyodan o’tsam?

Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizim, dunyodan o’tsam?

Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatga ziyodek yorishib ketsam. (x2)
Ertaga qayerdan toparsiz mani
Xokisor tuproqqa qorishib ketsam? (x2)

Beparvo qaramang kulyabdi-ku deb,
Guldek yashab, guldek ochilib, so’lsam. (x2)
Nogahon esib, qayirsa shamollar,
Qolasiz xazondek to’kilib ketsam.

Ishonmang bu qadar mening umrimga,
Shu kunim mazmunli etolsangiz bas. (x2)
Ertangi kunlarga atalgan mehringiz
Balki bu kundan so’ng menga kerakmas. (x2)

Yuzimga tomchilab yog’ardi yomg’ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg’ir.
Tosh qotgan yurakni o’yardi yomg’ir,
Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizim, dunyodan o’tsam?

Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizim, dunyodan o’tsam?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yomg’ir
Xonanda:
Vohid Abdulhakim
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 15, 2016