• Qo’llaringda atirgul,
    Dudog’ingda tutarsan,
    Jonim, xonatlas kiyib,
    O’tovingda kutarsan. (x2)

    Yana izlab keldim-a,
    Vasling ko’zlab keldim-a,
    O’tovingning oldiga
    Bo’zlab-bo’zlab keldim-a. (x2)

    Xohlamasang ham meni
    Izlaringni kutarman,
    Kulib tursang bo’lgani,
    Seni yaxshi ko’rarman.

    O’zim seni erkalab,
    Visolingga yetarman.
    O’tovingdan ertalab,
    Olib qochib ketarman.

    Yana izlab keldim-a,
    Vasling ko’zlab keldim-a,
    O’tovingning oldiga
    Bo’zlab-bo’zlab keldim-a. (x2)

    Barmog’ingda tillako’z
    Uzuging yaltiraydi,
    Yuragimda hayajon,
    Qo’llarim qaltiraydi. (x2)

    Yana izlab keldim-a,
    Vasling ko’zlab keldim-a,
    O’tovingning oldiga
    Bo’zlab-bo’zlab keldim-a. (x2+x2)