Vohidjon Isoqov - Qaydan izlay

Vohidjon Isoqov

Qaydan izlay

Sevgilimni qaydan izlay?
Yo ko’kdan yo oydan izlay? (x2)
Bo’zlab-bo’zlab tunlar yig’lay,
Ayting do’stlar, kimdan so’ray? {x2}

Har yigitga berar Xudo,
Uch omad-u bir go’zal yor. (x2)
Mening esa omadim bor,
Ko’ngil go’zal ko’ziga zor,
Bir go’zalning yuziga zor.

Qo’shiq aytsam nolam to’lar,
Yor dardida sabrim sinar. (x2)
Boshim balang tutmasam gar,
Do’stu-dushman xandon kular. {x2}

Sevgilimni qaydan izlay?
Yo ko’kdan yo oydan izlay? (x2)
Bo’zlab-bo’zlab tunlar yig’lay,
Ayting do’stlar, kimdan so’ray? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaydan izlay
Xonanda:
Vohidjon Isoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 26, 2015