[Vohidjon Isoqov]
Yigirmada, yigit yoshimda
Dunyo ta’zim aylar qoshimda. (x2)
Sevgi degan savdo mani boshimda,
Menga oson tutmang, akajon. (x2)

[Alijon Isoqov]
Oh ukajon, shoshilma, ko`rgin,
Bo`ydoqlikning davrini surgin, (x2)
Ertamasmi, bir o`ylab ko`rgin, {x2}
Senga oson tutmam, ukajon. {x2}

[Vohidjon Isoqov]
Dardim so`rang onajonimdan,
Yo janjalkash singiljonimdan. (x2)
Qo`shni qizni sevdim jonimdan,
Menga oson tutmang, akajon. (x2)

[Alijon Isoqov]
Sevgi asir etgan bizni ham,
Yoqamizdan tutgan bizni ham, (x2)
Boshimizdan o`tgan bizni ham, {x2}
Senga oson tutmam, ukajon. {x4}

[Vohidjon Isoqov]
Qo`shni qizning uylari baland,
Otasining bo`ylari baland, (x2)
Orzulari, o`ylari baland, {x2}
Menga oson tutmang, akajon. {x2}

[Alijon Isoqov]
Bo`l sevgining mardi maydoni,
Muhabbatning bo`lar armoni, (x2)
O`g`lonisan Qashqadaryoni, {x2}
Senga baxtlar tilay, ukajon. {x4}

[Vohidjon Isoqov]
Menga oson tutmang, akajon. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yigit yoshimda
Xonanda:
Alijon Isoqov, Vohidjon Isoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 10, 2015