Ohim bo’l, sen-la parvoz etay,
Osmonlarga soz etay.
Bir ajib ovoz bo’l,
Yorimga yetay.

Ayriliq qiynar ikkimizni ham,
Shirin visollar kerak bizga.
Balki orzuga yetish yaqin bizga.

Yoring bo’lay,
Nozik bo’yingdan taralar gullar ifori.
Bag’rimga kel endi, oromim bo’l endi,
Yolg’iz qo’yma diydoringni.

Nolam bo’l, sen-la faryod etay,
Armonlarni yot etay.
Ko’nglimga ilhom bo’l,
Yorimga yetay.

Ayriliq qiynar ikkimizni ham,
Shirin visollar kerak bizga.
Balki orzuga yetish yaqin bizga.

Yoring bo’lay,
Nozik bo’yingdan taralar gullar ifori.
Bag’rimga kel endi, oromim bo’l endi,
Yolg’iz qo’yma diydoringni. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yorim
Xonanda:
Vohidjon Isoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2015