Allo, kimsiz?

Bilolmasman, muxlismisiz
Yoki doim yolg`izmisiz?
Menga qo`ng`iroq qilasiz,
Lekin bitta so`z aytmaysiz.

Kim ekan? – deya o`ylayman,
Bir zum vaqtimni olasiz.
O`zingizni ko`rmasam ham
Xayollarimda qolasiz.

Ayting, ayting, ayting kimsiz, kimsiz?
Yana qo`ng`iroq qilasiz, kimsiz?
Javob bersam, indamaysiz, jimsiz,
Faqatgina xo`rsinasiz, kimsiz?

Ayting, ayting, ayting kimsiz, kimsiz?
Nega qo`ng`iroq qilasiz, kimsiz?
Javob bersam, indamaysiz, jimsiz,
Bilaman, siz go`zal qiz.

Bilolmasman maqsadingiz
Yo shunday hazil qilasiz.
Hatto qachon, qayerlarda
Bo`lishimni ham bilasiz.

Aytgan qo`shiqlarim sizga
Yoqsa, biling, u siz uchun.
Faqat xo`rsinmang bekorga,
Qo`ng`iroq qilib tunu kun.

Ayting, ayting, ayting kimsiz, kimsiz?
Yana qo`ng`iroq qilasiz, kimsiz?
Javob bersam, indamaysiz, jimsiz,
Faqatgina xo`rsinasiz, kimsiz?
Ayting, ayting, ayting kimsiz, kimsiz?
Nega qo`ng`iroq qilasiz, kimsiz?
Javob bersam, indamaysiz, jimsiz,
Bilaman, siz go`zal qiz. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimsiz
Xonanda:
Xo'ja guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 21, 2016