Rohatmisan, ozormisan, {x2}
Qayg`u emasmisan, sevgi?
Sen bormisan, yo yo`qmisan, {x2}
Yog`du emasmisan, sevgi?

Ko`rin menga, gar bor esang,
Elga so`ylay, nelar desang.
Ko`ngillarni oshkor etgan
Tuyg`u emasmisan, sevgi?

Ko`ngillarni oshkor etgan
Tuyg`u emasmisan, sevgi?

Yashar joying yurakdamu,
Eng musaffo tilakdamu?
Kimlar yetgan, kim yetmagan,
Orzu emasmisan, sevgi?

Kimlar yetgan, kim yetmagan,
Orzu emasmisan, sevgi?

Ne oshiqlar kuylab yurgan,
Ne oqillar o`ylab yurgan, (x2)
Xayollarni chalkashtirgan,
Jodu emasmisan, sevgi? (x2)

Rohatmisan, ozormisan, {x2}
Qayg`u emasmisan, sevgi? {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi
Xonanda:
Xo'ja guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2017