Xurshid Rasulov - Bir keldingiz

Xurshid Rasulov

Bir keldingiz

Yaxshilarga mador berib,
Yomonlarga ozor berib, (x2)
Davralarda ko`krak kerib,
Bir keldingiz, bir ketdingiz. (x2)

Sahroda gul izladingiz,
Har muxlisni sizladingiz,
Dil bahorin kuzladingiz,
Bir keldingiz, bir ketdingiz. (x2)

Yor yo`liga qarab-qarab,
Necha majnun shifo talab, (x2)
Oshiqlardan ko`ngil so`rab,
Bir keldingiz, bir ketdingiz. (x2)

Armon tig`i botgan sayin,
Birov bilmas ko`nglim rayin,
Go`yo chaqmoq chaqqandayin,
Bir keldingiz, bir ketdingiz.

Go`yo chaqmoq chaqqandayin,
Bir keldingiz, bir ketdingiz.

Ming bor tutsak toringizni,
Kuylolmaymiz zoringizni,
Sog`intirib boringizni,
Bir keldingiz, bir ketdingiz. (x2)

Kuydik yomon, Oxun akam,
Jayxun akam, Sayxun akam,
Bu bevafo dunyo ekan,
Bir keldingiz, bir ketdingiz. (x2)

Bir keldingiz, bir ketdingiz… {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir keldingiz
Xonanda:
Xurshid Rasulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 27, 2016