• Xurshid Rasulov - Uyga quruq qaytmasin erkak

    Xurshid Rasulov

    Uyga quruq qaytmasin erkak

    Dunyo kezib, rizqin tergan odam,
    Ish chatoq, deb aytmasin erkak.
    Tongdan tunga qadar yursa ham,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Yo`lin poylar ko`zin qorasi,
    Farzandlarin beka onasi.
    Erkak zoti – ko`cha bolasi,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Erkak zoti – ko`cha bolasi,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Omad kelmas qaddu-savlatdan,
    Er ahlini qisma davlatdan.
    O`zing asra shu malomatdan,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    O`zing asra shu malomatdan,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Mo`l qil halol nonu oshini,
    Topsin hech yo`q kerak toshini.
    Hayot, egma yigit boshini,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Hayot, egma yigit boshini,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Gar bermasning oshi hech pishmas,
    Olma pishib, og`zingga tushmas.
    Odam ini buzilgan qushmas,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Odam ini buzilgan qushmas,
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Baland-pastlik yo`l asli dunyo,
    Gohi mulzam, goh tasvir dunyo.
    Yaratgandan tilaydi Mirzo:
    Uyga quruq qaytmasin erkak.

    Yaratgandan tilaydi Mirzo:
    Uyga quruq qaytmasin erkak. {x3}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Otabek Ismoilovga minnatdorchilik bildiramiz.