• Xushnud - Eslayman

    Xushnud

    Eslayman

    Erta sahardan ko`zlarim ochsam,
    Tabassuming seni ko`z oldimda,
    Maqsadim – seni izlab-u topsam.
    Kunu-tunlarim mazmunsiz o`tar,
    Izlayman kechalari darbadar,
    Foydasiz, yana tezda tong otar.

    Eslayman kecha-kunduzimni,
    Eslayman yorug` yulduzimni,
    Eslayman shirin gul yuzimni,
    Eslayman yoshlatib ko`zimni.

    Izlayman kecha-kunduzimni,
    Izlayman yorug` yulduzimni,
    Izlayman shirin gul yuzimni,
    Izlayman yoshlatib ko`zimni.

    O`zgasiga qilmasman-da parvo,
    Yolg`izlikni menga ko`rma ravo,
    Axir sensan, yagonam, bir davo.
    Shunchalar bo`ldimmi senga shaydo,
    Ishqingda bo`ldim telbayu gado,
    Yorimni nasib etgin, ey Xudo.

    Eslayman kecha-kunduzimni,
    Eslayman yorug` yulduzimni,
    Eslayman shirin gul yuzimni,
    Eslayman yoshlatib ko`zimni.

    Izlayman kecha-kunduzimni,
    Izlayman yorug` yulduzimni,
    Izlayman shirin gul yuzimni,
    Izlayman yoshlatib ko`zimni.

    Qanotsiz qushman,
    O`ngimda tushsan, yorim.
    Judolar etma,
    Armonim bo`lma, yorim.

    Eslayman kecha-kunduzimni,
    Eslayman yorug` yulduzimni,
    Eslayman shirin gul yuzimni,
    Eslayman yoshlatib ko`zimni.

    Izlayman kecha-kunduzimni,
    Izlayman yorug` yulduzimni,
    Izlayman shirin gul yuzimni,
    Izlayman yoshlatib ko`zimni.