Xushnud - Ikki o't orasida

Xushnud

Ikki o’t orasida

Ko`z yoshimda
Tanho senga bo`lgan sog`inch namoyon,
Yosh boshimda
Nahot dardlarim ham cheksiz bepoyon?

Lek qoshimda
O`zga gul parvona, u bilmaydi.
Yolg`iz seni
Unga bildirmay sog`inganimni.

Aslo, sen uning holini anglolmaysanku,
Hatto men unga dardimni aytolmaymanku.
Lek qalbim senga intilar
Achinmay menga, ayt nega, nega?

Takror va takror yonaveraman
Ikki o`t orasida yonaman.
Ozor chekiblar qolaveraman,
Unga achinib, seni sevaman.
U menga tinmay mehr ulashar,
Lekin qalbimda abadul abad
Tanho visoling yashar. (x2)

Otabekman Kumushsiz,
Qiynalar Zaynab, esiz.
Unga mehrim berolmam,
Chunki yashayman sensiz.

Go`yo o`tgan kunlarday
Hayotim misli asar.
Yonimda yorim bo`lsa ham,
Qalbim bir seni qo`msar.

Aslo, sen uning holini anglolmaysanku,
Hatto men unga dardimni aytolmaymanku.
Lek qalbim senga intilar
Achinmay menga, ayt nega, nega?

Takror va takror yonaveraman
Ikki o`t orasida yonaman.
Ozor chekiblar qolaveraman,
Unga achinib, seni sevaman.
U menga tinmay mehr ulashar,
Lekin qalbimda abadul abad
Tanho visoling yashar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ikki o’t orasida
Xonanda:
Xushnud
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 24, 2016