Xushnud - Qani aytgin

Xushnud

Qani aytgin

Daryo ko`zlaringning tubiga sho`ng`ib,
Qolib ketdim bir umrga men,
Nigohlaring ila asir olding-ku sevib.
Aslo meni ozod aylaging kelmas,
Go`yoki bir qanotsiz qushman,
Bu dunyoda borligingdan men sarxushman.

Qani, aytgin, qalbingdagi tuyg`u?
Nega, aytgin, yuragingda u?
Mening aybim seni sevganim,
Menga atab ketding qayg`u. (x2)

Insof aylagancha holimga boqsang,
Tomirimda qon bo`lib oqsang,
Qani zulmat hayotimga shamlar yoqsang.
Baxting sari intilib yursang doim,
Senga yo`l bo`layin ilohim,
Borar manziling bo`lsin mening turar joyim.

Qani, aytgin, qalbingdagi tuyg`u?
Nega, aytgin, yuragingda u?
Mening aybim seni sevganim,
Menga atab ketding qayg`u. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qani aytgin
Xonanda:
Xushnud
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2017