• Xushnud - Qaytmaydi

    Xushnud

    Qaytmaydi

    Ollohim, ber imkon, uni yana bir on
    Ko`rmoq nasib etgin, sog`indim yomon.
    Sevaman derdik-ku yo xato qildimmu?
    Unga men ishonib, qoldim-ku sevib.

    Aytar edi u menga:
    Hech kim bizni ajrata olmas.
    Hatto hamma bizni qilardi havas.

    Endi u boshqa, ortga qaytmaydi,
    Sevaman deb boshqa aytmaydi.
    Ollohim, netaman, kimga aytaman? (x2)

    Unga bo`lgan sevgim tobora ortib borar,
    Bechora yuragim tinmay uni so`rar.
    Tim qora ko`zlari, samimiy kulgusi,
    Yodimdan ketmaydi uning bo`sasi.

    O`sha so`nggi uchrashuv
    Bo`lgan qat’iy vidolashuv.
    Azoblaydi meni tinmayin bir qayg`u.

    Endi u boshqa, ortga qaytmaydi,
    Sevaman deb boshqa aytmaydi.
    Ollohim, netaman, kimga aytaman? (x4+x2)

    Kimga aytay…