Xushnud - Sarsonman

Xushnud

Sarsonman

Ertak misoli sevgimizdan
Mana yozdim, jonim, she`r.
Yana bir bor о`ylab ko`r,
Sevgimizga imkon ber.

Bilsang agar, sen Layli,
Men esa bo`ldim Majnun.
Bir bor ko`rsam ham mayli,
Bo`lardim shunda mamnun.

Har tarafdan jaranglar
Biz qilgan ul orzular.
Bo`lsaki bo`lar battar,
Tugamoqda asablar.

Nima qilay, sevaman,
Ishqingda men yonaman.
Lek azobga botsam ham,
Bilmam shunday o`taman.

Ha, suvsiz bir daryoman,
Qumsiz bir sahroman,
Sensiz men sarsonman.

Endi ha, suvsiz bir daryoman,
Qumsiz bir sahroman,
Sensiz men sarsonman. (x2)

Oy quyoshni ko`rmasa,
Yulduzlar berar sado.
Sendan xabar kelmasa,
Yuragim bo`lar ado.

Baxtimdan bo`ldim judo,
Sensizlik qildi ado.
Go`yoki men bir sahro,
Ko`z yoshlarim sel-daryo.

Sen ketasan-u, men o`zim qolaman,
Bir ozim ishq o`tida yonaman.
O`zim man aqldan tonaman, o`zim man bechoraman,
Zorman senga, sen esa o`zga yorsan, mengamas. (x2)

Ha, suvsiz bir daryoman,
Qumsiz bir sahroman,
Sensiz men sarsonman.

Endi ha, suvsiz bir daryoman,
Qumsiz bir sahroman,
Sensiz men sarsonman. (x2)

Har nafasing his etib,
Qiynar meni esdalik.
Shodligim mendan ketib,
Qiynar endi xastalik.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sarsonman
Xonanda:
Xushnud
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 29, 2016