Xushnud - Sog'indim

Xushnud

Sog’indim

Xayollarimdasan,
Kechalari o’ylayman tanho seni, yorim.
Yuragimdasan,
Faqat seni bir bor ko’rmoq istagim, zorim.

Ertaklarimdasan,
Go’yo malikasin sog’ingan shahzodaman.
Bu qalbimdasan,
Seni jondan sevgan oshig’u devonaman.

Tunlari so’rab, qaytishing ko’zlab,
Qadringga yetmadimmi, nahot?
Yuragim so’rar, uni menga qaytar,
Yorimni sog’indim, ey Xudo.

Sog’indim mening go’zalimni,
Sog’indim mening yolg’izimni.
Sog’indim, yana sog’indim,
Qachon qaytasan?

Qanotlarim yozib,
Jonim, sen tomonga qilgim keladi parvoz.
Aqldan ham ozib
Qolaman, yagonam, ishon gaplarimga, rost. (x2)

Borim-borim, mehribon, zorim-zorim,
Bu lablarim-larim sening lablaringni izlar.
Zorim, yorim, mening beg’uborim, borim,
Bu qo’llarim sening nozik qo’llaring so’rar.

Sog’indim mening go’zalimni,
Sog’indim mening yolg’izimni.
Sog’indim, yana sog’indim,
Qachon qaytasan?

Xayollarimdasan,
Kechalari o’ylayman tanho seni, yorim.
Yuragimdasan,
Faqat seni bir bor ko’rmoq istagim, zorim.

Ertaklarimdasan,
Go’yo malikasin sog’ingan shahzodaman.
Bu qalbimdasan,
Seni jondan sevgan oshig’u devonaman.

Xayollarimdasan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim
Xonanda:
Xushnud
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 16, 2016