• Xushnud - Tushlaringga kiraman

    Xushnud

    Tushlaringga kiraman

    Gul iforli yorim, sog’inganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.
    Sezar dil, sevimli, sening ovunganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    G’uncha kabi nafis nomus-orginam,
    Ishq yurtidan topgan, ishqqa boyginam.
    Hatto oydan go’zal, nurli oyginam,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    Jonib bergum lablaring sohiliga,
    Rahm qilgin mendek ishqsiz g’ofiliga.
    O’xshadim men hatto, Zuhroning Tohiriga,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    Gul iforli yorim, sog’inganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.
    Sezar dil, sevimli, sening ovunganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    Hijrondan kuyib ketdi yolg’iz dilim,
    Jonim, seni bir umr sog’inaman.
    Faqat isming takrorlar bu ojiz dilim,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    Gulruhsorim, ishq kuyin chalib beray,
    Senga zarmas, shodliklar olib beray.
    Tarog’ingdan tushgan soching tolasini
    Jondek asrab, poyingdan bir-bir teray.

    Gul iforli yorim, sog’inganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.
    Sezar dil, sevimli, sening ovunganingni
    Yulduz aytar, oy nuridan bilaman,
    Tunlar kutgin, tushlaringga kiraman.

    Shoir etar muhabbat kuchin ko’rgin,
    Sensiz zor-zor yig’lardi menda kulgi.
    Mana bugun sog’inchga nuqta qo’ygin,
    Tunda kutgin, tushlaringga kiraman.

    Sog’inch chertib kelsa, nogoh eshiging,
    Go’zal, uchar gilamlarda boraman.
    Ko’p noz etmay, ey parivash, yum ko’zing,
    Bugun kutgin, tushlaringga kiraman.