• Xushnud - Yorey

    Xushnud

    Yorey

    Erta soat yetti bo`ldi,
    Devona jonim meni uyg`otadi.
    Vaqt ham bo`ldi, turish kerak,
    Meni ish ham kutadi.
    Kechki soat ikkida ham ko`chada sayrda
    Bosh ham og`rir bilmam qaylarni kezdik aslida.

    Osmonga termulaman,
    Quyosh nurin sochadi ertalabda.
    Yonginamda hali yo`qdir mening go`zal rafiqam,
    Qachonlardir uchratarman u go`zal janonni,
    Bir umrga baxtli etguvchi vafoli yoronni.

    Ollohimdan so`rayman baxtimni,
    Onajonim orzu qilgan u yorimni.
    Borim beray, jonim beray,
    Izlab-izlab bir kun topay.

    (Yor-ey, jon-ey…)
    Yor-ey, jon-ey…

    Ish tugadi yana,
    Bugun ertaroq uyga borish kerak.
    Yana o`sha mavzu –
    Yoshlik tugadi, uylanish ham kerak.
    Jonga tegdi,
    Xohlamaydi yolg`iz bu yurak.
    Tushuning ona, sizdan boshqa
    Bo`ladi kim ko`mak?

    Ollohimdan so`rayman baxtimni,
    Onajonim orzu qilgan u yorimni.
    Borim beray, jonim beray,
    Izlab-izlab bir kun topay.

    (Yor-ey, jon-ey…)
    Yor-ey, jon-ey…

    Endi topdim mana,
    Go`zal yorimni uchratdim ko`chada.
    Tanishib oldik,
    Yomg`irli damda berkinib panada.

    Bitta muammo –
    Onam xabari yo`q edi bundan.
    Xabar topsa,
    Yuragim g`ash bo`ladi bir shundan.