• Gulbog`ingda toza gullar ochilmish,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik.
    Bulbullar mast bo`lmish, shabnam sochilmish,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Bulbullar mast bo`lmish, shabnam sochilmish,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Siring ma’lum etsang yaxshi-yomona,
    Shovqin tushar o`n sakkiz ming jahona. (x2)
    Raqib bilsa, bizni qo`ymas davrona,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik. (x2)

    Alifdek qomating o`xshatma dola,
    Qurbon o`lam sarvi qaddi nihona.
    Jonim fido bo`lsin oq yuzda xola,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Jonim fido bo`lsin oq yuzda xola,
    Yur Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Bulbul sayron etar gulda chamanda,
    Ayroliq vahmindan ko`nglim fig`onda.
    Toir aytar – armon qolmasin jonda,
    Yur Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Toir aytar – armon qolmasin jonda,
    Kel Zuhrajon, bog` saylina boraylik.
    Yur Zuhrajon, bog` saylina boraylik.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.