[Farrux Zokirov]
Chaqnar charos-charos ko`zlaringda cho`g`,
Qushdan hurkak, kiyikdan, kiyikdan sho`x.
Qizlarga gap otishing ajab, yo ajab,
Mo`ylovi ham hali-yo chiqqani yo`q.

Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla. (x2)

[Abdulla Qurbonov]
Bilmam baxtmi, bilmayman sinovmi sevgi,
Surishtirmas mo`ylovni, mo`ylovni sevgi.
Mo`ylovsiz ham uylansa, uylansa bo`lar,
Dang`illatib to`y qilgim, to`y qilgim kelar.

[Farrux Zokirov]
Ha, chiqay debdi yodimdan, meni xom kallam,
Senga o`sha parizod kelindan salom.
Xandalakni etmaydi, yetmaydi bo`ying,
Hali to`yga yo`l bo`lsin, yo`l bo`lsin, bola! {x2}

Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla. (x2)

[Abdulla Qurbonov]
Kuyov bo`lsam arziydi, qarang ko`rkamman,
Yosh bo`lsam ham, og`ajon, ko`pni ko`rganman!
Og`ajonim, osilmang mening bo`yimga,
Bo`lmasa hech aytmayman, aytmayman to`yga!

[Farrux Zokirov]
Chindan ham gap bo`ydamas, bo`ydamas faqat,
Abdullaning o`zi-yo, o`zi azamat.
Xizmatda, biz xizmatda, izzatda sizlar,
Qani do`stlar, marhamat, to`yga marhamat. {x2}

Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla,
Ay, ay, ay Abdulla, voy Abdulla.
Kuyovto`ra Abdulla, jon Abdulla,
To`ylar muborak bo`lsin, jon Abdulla.

[Yalla ansambli]
Kuyovto`ra Abdulla, jon Abdulla,
[Abdulla Qurbonov]
Ay, ay, ay Abdulla, man Abdulla!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Abdulla
Xonanda:
Abdulla Qurbonov, Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 4, 2016

O'xshash qo'shiqlar matnlari