• Yalla ansambli - Bir bo'sa ber kulgularingdan

    Yalla ansambli

    Bir bo’sa ber kulgularingdan

    Netay, axir xush ko`rsam seni,
    Ko`zim yumsam, tush ko`rsam seni. (x2)
    Otashlarga tashlama meni,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan. {x2}

    Netay, axir xush ko`rsam seni,
    Ko`zim yumsam, tush ko`rsam seni. (x2)
    Otashlarga tashlama meni,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan. {x2}

    Qoshlaringda kamon yoy ko`rdim,
    Yanog`ingda yonar oy ko`rdim,
    Men o`zimni bir gadoy ko`rdim,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan. {x2}

    Uzilganda kuzgi yapro`lar,
    Bo`zlab qolar bandi dudoqlar,
    Qaylardasan, jonim so`roqlar,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan. (x2)

    Oyning baxti – tun qarolig`i,
    Oshiqlik – bu dil yarolig`i, (x2)
    Bo`lsa hamki gar xatolig`i,
    Bir bo`sa ber kulgularingdan. {x3}