Yalla guruhi - Bugun bayram

Yalla ansambli

Bugun bayram

Oftob kulsa nur sochib,
Qushlar ham erkin uchib
Keng osmonda.
Qizarib ochilar gullar,
Sayragaylar bulbullar
Bu bo’stonda.

Oilasi tinch bo’lsa,
Ko’rgani sevinch bo’lsa
Har insonning.
Jannatmisol yurtimiz,
Qadriga yetaylik biz
Bu zamonda.

Davraga keling, aziz do’stlar,
Davrani keng olinglar.

Bugun bayram, bugun bayram,
Yurtimizda ulug’ bayram.
Bugun bayram, bugun bayram,
Yurtimizda ulug’ bayram.

Mehnatga imkon bo’lsa,
Har doim xirmon to’lsa
Hur diyorning.
Vijdoni bo’lsa halol,
Hech kim ko’rmasin zavol
Bu dunyoda.

Tabassum qilsa ayol,
Farzand uchun bu xayol
Eng zo’r bo’ston.
Baxtimizga har zamon,
Yuksalib, bo’lsin omon
O’zbekiston.

Davraga keling, aziz do’stlar,
Davrani keng olinglar.

Bugun bayram, bugun bayram,
Yurtimizda ulug’ bayram.
Bugun bayram, bugun bayram,
Yurtimizda ulug’ bayram. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bugun bayram
Xonanda:
Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 3, 2016