• Yor uyiga kelinposhsha ibo bilan kelibdi,
    Kuyovto`ra yuragiga shifo bilan kelibdi.
    Asta-asta qadam bosar, qutlug` bo`lsin qadamlar, {x2}
    Hayo bilan hirom aylab, xino bilan kelibdi.

    Kelibdi, kelibdi, xino bilan kelibdi,
    Kelibdi-yo, kelibdi, xino bilan kelibdi.

    To`y oqshomi xonadonga nur taralib bir zumda, {x2}
    Go`yo tunda quyosh chiqib, ziyo bilan kelibdi.
    Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo`shibdi,
    Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.

    Kelibdi, kelibdi, sarpo bilan kelibdi,
    Kelibdi-yo, kelibdi, sarpo bilan kelibdi.

    Uzukka ko`z solgan misol kuyov bola yonida,
    Go`yo kuyov Tohir bo`lib, Zuhro bilan kelibdi.
    Sevgi baxtin ko`z-ko`z etar, ko`z tegmasin baxtiga, {x2}
    Boshiga baxt qushi qo`nib, humo bilan kelibdi.

    Kelibdi, kelibdi, humo bilan kelibdi,
    Kelibdi-yo, kelibdi, humo bilan kelibdi.

    Bu dargohdan ketmas bo`lib kelgan bo`lsin ne mo`min, {x2}
    Yuragida ahdu-paymon, vafo bilan kelibdi.
    Nazokati, chiroyi yoshligiga nur qo`shibdi,
    Andisha-yu odob degan sarpo bilan kelibdi.

    Kelibdi, kelibdi, sarpo bilan kelibdi,
    Kelibdi-yo, kelibdi, vafo bilan kelibdi.