Farrux Zokirov - Majnuntol (Yalla guruhi)

Yalla ansambli

Majnuntol

Bosh yuvay deb majnuntol bir kun
Chiqqan emish buloq bo’yiga,
Chiqqan emish buloq bo’yiga,
O’zin ko’rib buloqda durkun,
Ketolmayin qolibdi uyiga,
Ketolmayin qolibdi uyiga.

Majnuntol, majnuntol,
Majnuntol, majnuntol.

Shundan beri unda tunu kun
O’tirarmish chayib sochini,
O’tirarmish chayib sochini,
O’zi bo’lib o’ziga maftun,
Ololmasmish suvdan boshini,
Ololmasmish suvdan boshini.

Majnuntol, majnuntol,
Majnuntol, majnuntol. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Majnuntol
Xonanda:
Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 20, 2013