Yalla ansambli - O'zbekiston Vatanim

Yalla ansambli

O’zbekiston Vatanim

O’zbekiston – vatanim,
Baxt bahorim, chamanim.
Yurt yagona, qalb tanho,
Elga fido jon-tanim.

Quchib qaynoq quchog’in,
Ko’zga surtib tuprog’in,
Hurlik qo’shig’in kuylab,
O’paman yurt bayrog’in.

Yalla, yalla, yalla-yalla,
Taronaman, allaman.
Yalla, yalla, yalla-yalla,
Yurt ishqida yonaman. (x2)

Odam bolamni deydi,
Sog’lom olamni deydi.
Oshiq ahli vafoli,
Sodiq sanamni deydi.

Sadoqatdan kuylayman,
Oqibatin o’ylayman.
Muhabbatsiz hayot yo’q,
Sadoqatdan so’ylayman.

Yalla, yalla, yalla-yalla,
Taronaman, allaman.
Yalla, yalla, yalla-yalla,
Yurt ishqida yonaman. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston Vatanim
Xonanda:
Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015