Men aylonayin “pochcha” degan tilingdan,
Lablaringning shakari ko`chgan tilingdan.
Yoshman hali, pochcha bo`lganimcha yo`q,
Bir piyola suv ichay nozik qo`lingdan.

Nanaydanmi, Chustdanmi, Olmosdanmisan?
Yo abadli ipakli, adrasdanmisan?
Ming tovlanib jilovda, olding jonimni,
Yo sehrli yo xudiy atlasdanmisan?

Namangan go`zali, shirin tilingdan,
Tilingdan, tilingdan, nozik dilingdan,
Men telbani “pochcha” degan tilingdan.

Nanaydanmi, Chustdanmi, Olmosdanmisan?
Yo abadli ipakli, adrasdanmisan?
Ming tovlanib jilovda, olding jonimni,
Yo sehrli yo xudiy atlasdanmisan?

Namangan go`zali, shirin tilingdan,
Tilingdan, tilingdan, nozik dilingdan,
Men telbani “pochcha” degan tilingdan. (x2)

G`uncha shabnamlarini artdi sabo,
Subhidamda gul bargi bo`lmoqda abo.
Guldan gulga uribdi o`zin kapalak,
Shu parvonaday men ham ishqingda ado.

Men aylonayin “pochcha” degan tilingdan,
Lablaringning shakari ko`chgan tilingdan.
Yoshman hali, pochcha bo`lganimcha yo`q,
Bir piyola suv ichay nozik qo`lingdan.

Namangan go`zali, shirin tilingdan,
Ha, tilingdan, tilingdan, nozik dilingdan,
Men telbani “pochcha” degan tilingdan.

Nanaydanmi, Chustdanmi, Olmosdanmisan?
Yo abadli ipakli, adrasdanmisan?
Ming tovlanib jilovda, olding jonimni,
Yo sehrli yaxudiy atlasdanmisan?

Namangan go`zali, shirin tilingdan,
Tilingdan, tilingdan, nozik dilingdan,
Men telbani “pochcha” degan tilingdan. (x2)

Men telbani “pochcha” degan tilingdan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Pochcha
Xonanda:
Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 31, 2016