• Farrux Zokirov (Yalla guruhi) - Torimning siri bor

    Farrux Zokirov, Yalla ansambli

    Torimning siri bor

    Torimning ajab siri bor,
    Siri bilan ta’siri bor.
    Bo’g’izida ikki tori, dod-ey,
    Birini chertsam biri bor.

    Biri kuylasa, birining
    Jo’r bo’ladigan yeri bor.
    Kuyida misoli Zuhro,
    Bamisoli Tohiri bor.

    O, kim desa, hayotda yakka,
    Peshonasining sho’ri bor,
    Peshonasining sho’ri bor.