• Go`zalim, yana sen uchun yurakdan
    Kuyladim men, o`ynagin sen.
    Nozlaringdan yonaman men,
    Bir boqsang sen, ado bo`laman men. (x2)

    Sening, go`zalim,
    Shahlo ko`zlaringni ko`rganimda,
    So`zlaringni tinglaganimda yonaman men,
    Bir boqsang sen, ado bo`laman men. (x2)

    Go`zalim, sendan xayolim uzolmay,
    Kechayu-kunduz uxlay olmay,
    Sening vaslingga men yeta olmay
    Yonaman men, ado bo`laman men. (x2)