Mayin sochlaringni silar daydi shamollar,
Go`zal yuzlaringdan o`par bahoriy yomg`irlar. (x2)
Qaniydi shamol kabi, bahoriy yomg`irlar kabi
Sochlaring silab, yuzlaringdan o`polsam.

Kechir, chiroyingga asir dilim,
Kechir, chiroyligim, o`zing gulim.

Men nigohingga qarab to`ymaganimda,
Sevgim izhorim aylab qo`ymaganimda, (x2)
Nigohlaring ma’noli, kulishlaring yoqimli,
Xayollarimni o`zingga chorlaydi.

Kechir, chiroyingga asir dilim,
Kechir, chiroyligim, o`zing gulim. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2017