Bahorida ochilsa lolalar,
Qirlariga chopadi bolalar.
Quvonishib sho’x qizbolalar,
Kuylashadi zo’r-zo’r yallalar. (x2)

Vaslingga intizor ko’ngillar,
Hajringda qiynalar oshiqlar.
Bir kulsang, dunyolar yorishar,
Tanhosan o’zing, go’zalginam. (x2)

Bahorida ochilsa lolalar,
Qirlariga chopadi bolalar.
Quvonishib sho’x qizbolalar,
Kuylashadi zo’r-zo’r yallalar.

Shirindir hattoki hijroning,
Go’zalim, qolmasin armoning.
Bo’laman baribir sultoning,
Tanhosan o’zing, go’zalginam. (x2)

Bahorida ochilsa lolalar,
Qirlariga chopadi bolalar.
Quvonishib sho’x qizbolalar,
Kuylashadi zo’r-zo’r yallalar.

Sendayin chiroy yo’q gullarda,
Oromim o’g’irlab tunlarda. (x2)
Ishim yo’q suluvu hurlarda,
Tanhosan o’zing, go’zalginam. (x2)

Bahorida ochilsa lolalar,
Qirlariga chopadi bolalar.
Quvonishib sho’x qizbolalar,
Kuylashadi zo’r-zo’r yallalar. (x2)

Kuylashadi zo’r-zo’r yallalar…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolalar
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2015