• Bog`imning chekkasida rayhon,
    Yorimning chakkasida rayhon. (x2)

    Yoqimli bo`y taratib,
    Hammani lol qaratib, (x2)
    Mani baxtiyor etar,
    Bag`rimda bog` yaratib. (x2)

    Bog`imning chekkasida rayhon,
    Yorimning chakkasida rayhon. (x2)

    Ta’rifin aytsam agar,
    Ketar so`zim qalashib. (x2)
    Ko`rsam ko`zim quvonar,
    Turadi xo`p yarashib. (x2)

    Bog`imning chekkasida rayhon,
    Yorimning chakkasida rayhon. (x2)

    Mehr ila ekkandim
    Bog`imning chekkasiga,
    Muhabbat-la taqqandim
    Yorimning chakksiga. (x2)

    Rayhonning bo`yi shirin,
    Yorginamning nozlari, (x2)
    To`ldiribdi bir-birin,
    Yarashib pardozlari. (x2)

    Bog`imning chekkasida rayhon,
    Yorimning chakkasida rayhon. (x2+x2)

    Bog`imning husni ham rayhon,
    Yorimning ismi ham Rayhon.