Yodgor Mirzajonov - Salom ey ishq

Yodgor Mirzajonov

Salom ey ishq

Keldi qoshda o’sma, ko’zi qarolar,
Ko’nglimizga ishqdan berib orolar. (x2)
Mana shunday zebo bizning, yoronlar,
Salom ey ishq, salom ey ishq. {x2}

Qo’llarida xinolari purma’no,
Lablarida, ko’zlarida tamanno. (x2)
Salom sizga ey atirgul, ey ra’no,
Salom ey ishq, salom ey ishq.

Salom ey ishq, o, salom ey ishq,
Salom ey ishq, hey, salom ey ishq.

Aylay deya shul g’aribni devona,
Asraganday sirlarini pinhona. (x2)
Oshkor bo’lib holim yig’lay giryona,
Salom ey ishq, salom ey ishq.

Salom ey ishq, salom ey ishq,
Salom ey ishq, salom ey ishq. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Salom ey ishq
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2015