Muhabbatning ham sahrosi, bog’lari bordir,
Ishq yo’llarin ravon bilma, tog’lari bordir.
Bir kam dunyo kamlaridan ranjima, erkam,
Hatto oyning yuzida ham dog’lari bordir. (x2)

Hijronidan, armonidan, ummonidan o’tamiz,
So’ngra biz go’zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz.

Sevgi sharti senday qoshu kamonlardamas,
Yoki dardi maning kabi yomonlardamas.
Chin muhabbat zaminda yo osmonlardamas,
Dilda uning rohatiyu ohlari bordir.

Hijronidan, armonidan, ummonidan o’tamiz,
So’ngra biz go’zal baxtning visoliga yetamiz. (x2)
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz,
Sen bilan, sen bilan, sen bilan birga baxtli bo’lamiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen bilan
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 24, 2015