Oh shamollar, erka shamollar,
Sizga aytar arazlar bisyor.
Yetkazinglar mehribonimga,
Qalbimda bir og`ir dardim bor.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting aziz onamga borib,
Shoir bo`lar sizning bolangiz,
So`z izlaydi tunlar axtarib.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting, gina qilmasin akam.
Ko`pdan beri xabar olmadi,
Qaltis xato qildimmikan-a?

Oh shamollar, erka shamollar,
Bolalikning o`tgan ellarida.
Balki yilda bir-bor kelarmi
Qaytib eski o`tgan yillarga.

Oh shamollar, erka shamollar,
Men sizlarni quchib qolaman.
Qo`lga olib qog`oz-qalamni,
Maysalardan ilhom olaman.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting aziz onamga borib,
Shoir bo`lar sizning bolangiz,
So`z izlaydi tunlar axtarib.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shamollar
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 22, 2017