• Bugun biz begonamiz, begona dardlarimiz,
    Yoningda begona ayol.
    Bizga ko`z tegdimi yo, xiyonat yengdimi yo?
    Tinchlik bermaydi bu xayol.

    Kelma endi, baxtli bo`l, jonginam,
    Kelma, yetar, senga yo`q ginam.
    Meni yo`qotding hayot yo`lida,
    Hamon yolg`izman taqdir qo`lida.

    Beozor eding, men go`yo farishta,
    Afsuslanmoqqa endi kech-da,
    Ishq o`yinida boy berdim, boy berdim.

    Kelma endi, baxtli bo`l, jonginam,
    Kelma, yetar, senga yo`q ginam.
    Seni yo`qotdim hayot yo`lida,
    Hamon yolg`izman taqdir qo`lida.

    To`xtama jonim, ortingga boqma,
    Yana qayta ishq o`tida yoqma,
    Ishq o`yinida boy berdim, boy berdim.

    Uchrashuv onlarimiz, sehrli tonglarimiz,
    Yodimga tushadi bugun.
    Yolg`izlik azoblari, afsunning tuzoqlari,
    Yelkamdan quchadi bugun.

    Kelma endi, baxtli bo`l, jonginam,
    Kelma, yetar, senga yo`q ginam.
    Meni yo`qotding hayot yo`lida,
    Hamon yolg`izman taqdir qo`lida.

    Beozor eding, men go`yo farishta,
    Afsuslanmoqqa endi kech-da,
    Ishq o`yinida boy berdim, boy berdim.

    Kelma endi, baxtli bo`l, jonginam,
    Kelma, yetar, senga yo`q ginam.
    Seni yo`qotdim hayot yo`lida,
    Hamon yolg`izman taqdir qo`lida.

    To`xtama jonim, ortingga boqma,
    Yana qayta ishq o`tida yoqma,
    Ishq o`yinida boy berdim, boy berdim.

    Tilaganim – emas go`zal izhorlar,
    Sog`inaman, degan so`zlar kifoya.
    Qiziqtirmay qo`ygan meni bahorlar,
    Sening ising kelgan kuzlar kifoya.

    Adashib bormayman xayollaringga,
    Mehrimni olmagin malollaringga.
    Ehtiyojim yo`qdir visollaringga,
    Yuragimda qolgan izlar kifoya.

    Kelma endi, baxtli bo`l, jonginam,
    Kelma, yetar, senga yo`q ginam.
    Seni yo`qotdim hayot yo`lida,
    Hamon yolg`izman taqdir qo`lida.

    To`xtama jonim, ortingga boqma,
    Yana qayta ishq o`tida yoqma,
    Ishq o`yinida boy berdim, boy berdim.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.