Yulduz Abdullaeva - Ketma vafodorim

Yulduz Abdullayeva

Ketma vafodorim

Qalbim qushi talpinar senga,
Qaylardasan, jonim, jahonim?
Ishq niholin ekdik-ku birga,
Ketarmisan, shirin zabonim?

Ketma, ketma, ketma vafodor,
Seni kutar intizor dildor.
Hijronlarda qolmasin visol,
Ketma, ketma, ketma vafodor.

Hijron azobiga tashlama,
Dilimni qayg’uda g’ashlama.
Bag’rim bir yon etmagil, ketma,
Ko’zim giryon etmagil, ketma.

Ketma, ketma, ketma vafodor,
Seni kutar intizor dildor.
Hijronlarda qolmasin visol,
Ketma, ketma, ketma vafodor.

(Yuragim huvillab qoldi seningsiz,
Boshqa yangilik yo’q, sog’indim faqat.
Jonim, sendan ozroq og’rindim faqat,
Yuragim huvillab qoldi seningsiz.)

Senda tog’dek viqor bor, viqor,
Sen borsan yor, qalbimda bahor.
Sensiz menga ma’nisiz hayot,
Umid sarob dilda yo’q sabot.

Ketma, ketma, ketma vafodor,
Seni kutar intizor dildor.
Hijronlarda qolmasin visol,
Ketma, ketma, ketma vafodor.

Ketma, ketma, ketma vafodor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketma vafodorim
Xonanda:
Yulduz Abdullayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015