O`tmasangiz, ko`cham sizni so`roqlar,
O`tsangiz, dil quyosh misol charaqlar.
Boqmasangiz, zorman, agar boqsangiz,
Shod ko`zlarim tugmangizdek yaraqlar.

Bir qarab o`ting bizga, leytenant,
Zor-u intizor qizga, leytenant.
Buncha yaqinsiz ko`zga, leytenant?
Menga ne kerak o`zga, leytenant?! {x2}

Uyqum buzar nag`alingiz tovushi,
Bir kuyganning qiyin ekan sovushi.
Baxtsizman goh vaslingizdan noumid,
Baxtliman goh tushlarimda qovushib.

Bir qarab o`ting bizga, leytenant,
Zor-u intizor qizga, leytenant.
Buncha yaqinsiz ko`zga, leytenant?
Menga ne kerak o`zga, leytenant?! {x2}

Haloskorsiz ofat kelsa bog`imga,
Dashtda lochin, burgutimsiz tog`imda.
Intizorman, beqarorman, mushtoqman,
Yashnab boqing peshvoz chiqqan chog`imda.

Bir qarab o`ting bizga, leytenant,
Zor-u intizor qizga, leytenant.
Buncha yaqinsiz ko`zga, leytenant?
Menga ne kerak o`zga, leytenant?! {x2}

Bir qarab o`ting bizga, leytenant,
Zor-u intizor qizga, leytenant.
Buncha yaqinsiz dilga, leytenant?
Menga ne kerak o`zga, leytenant?! {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Leytenant
Xonanda:
Yulduz Abdullayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2018