• Yulduz Abdullayeva - Lov-lov yonaman

    Yulduz Abdullayeva

    Lov-lov yonaman

    Bir qarashda sevdim demang,
    Yuzlarimda olov.
    Bir qadamdan yaqin kelmang,
    Yuragimda qalov.

    Izhori dil qilmang axir,
    Qanday iqror bo`laman?
    Yo`q demayman, ha desam,
    Yonib ketadi tanam.

    Lov-lov, lov-lov yonaman, {x3}
    Azizim, sizdan uyalaman.
    Lov-lov, lov-lov yonaman, {x2}
    Sevgim izhor etishga,
    Azizim, sizdan uyalaman.

    Ertayu kech sizni o`ylab,
    Bilsangiz, ovoraman.
    Go`zallarga parvo qilmang,
    Yuragi dilporaman.

    Menga ozor bermangiz,
    Ko`z yoshlari favvoraman.
    Bir so`z ayting, yon-beringizga qarab,
    Men yolvoraman.

    Lov-lov, lov-lov yonaman, {x3}
    Azizim, sizdan uyalaman.
    Lov-lov, lov-lov yonaman, {x2}
    Sevgim izhor etishga,
    Azizim, sizdan uyalaman.

    Lov-lov, lov-lov yonaman,
    Lov-lov yonaman,
    Sevgim izhor etishga,
    Azizim, sizdan uyalaman.

    Lov-lov, lov-lov yonaman,
    Lov-lov, lov-lov yonaman,
    Sevgim izhor etishga,
    Azizim, sizdan uyalaman.

    Lov-lov, lov-lov yonaman,
    Lov-lov, lov-lov yonaman,
    Sevgim oshkor etishga,
    Azizim, sizdan uyalaman.