• Yulduz Abdullayeva - Men sizni azizim

    Yulduz Abdullayeva

    Men sizni azizim

    Ko`kka boqib yulduz sanayman,
    Gohi kecha-kunduz sanayman. (x2)
    Sochlarimni ming xil tarayman,
    Sog`inaman, yo`llar qarayman.

    Sochlarimni ming xil tarayman, jonim,
    Sog`inaman, yo`llar qarayman.

    Men sizni, men sizni, azizim,
    Men sizni, azizim,
    Sog`inaman, yo`llar qarayman. (x2)

    Dilda bugun yurakda bir cho`g`,
    Dardlarimda, tilakda bir cho`g`. (x2)
    Yerda, suvda, falakda bir cho`g`,
    Mendek joni halakda bir cho`g`.

    Yerda, suvda, falakda bir cho`g`, jonim,
    Mendek joni halakda bir cho`g`.

    Men sizni, men sizni, azizim,
    Men sizni, azizim,
    Sog`inaman, yo`llar qarayman. (x2)

    O`ylaymanu, o`ylarim yetmas,
    Sizsiz kecham, kunduzim o`tmas. (x2)
    Hayo o`rtar, so`zlarim yetmas,
    Xayolimdan xayoli ketmas.

    Hayo o`rtar, so`zlarim yetmas, jonim,
    Xayolimdan xayoli ketmas.

    Men sizni, men sizni, azizim,
    Men sizni, azizim,
    Sog`inaman, yo`llar qarayman. (x2)

    Sog`inaman, yo`llar qarayman… {x2}