• Yulduz Turdiyeva – Kalondimog'

    Yulduz Turdieva

    Kalondimog’

    Sani boringdan-ey, tog`day viqoringdan-ey, {x2}
    Meni nazarga ilmas kalondimog`ingdan-ey. {x2}

    Qani endi sevganimni ayta olsam-ey, ayta olsam-ey,
    Lablaringga kaftimda suv tuta olsam-ey, tuta olsam-ey.

    Nomingga yuz ming bayt she’rlar bita olsam-ey, bita olsam-ey,
    Qandoq qilay, sevgim oshkor etolmasman-ey, etolmasman-ey.

    Sani boringdan-ey, tog`day viqoringdan-ey,
    Meni nazarga ilmas kalondimog`ingdan-ey. {x2}

    Bilmay kirdim muhabbatning ko`chasiga-ey, ko`chasiga-ey,
    Yonmoqdaman ikki olov o`rtasida-ey, o`rtasida-ey.

    Sog`inmaydi hatto qadr kechasida-ey, kechasida-ey,
    Qandoq qilay, sevgim oshkor etolmasman-ey, etolmasman-ey.

    Sani boringdan-ey, tog`day viqoringdan-ey,
    Meni nazarga ilmas kalondimog`ingdan-ey. {x2}

    Azob berar bevafo yor boqmayin qiyo, boqmayin qiyo,
    Ishq kuydirar jahonimni, chidolmasman-ey, chidolmasman-ey.

    Ishqing birlan bir kun mani qilasan ado, qilasan ado, {x2}
    Bir ko`rmasam, izlarimga qaytolmasman-ey, qaytolmasman-ey.
    Ayt ne qilay, sevganimni aytolmasman-ey, aytolmasman-ey?

    Sani boringdan-ey, tog`day viqoringdan-ey,
    Meni nazarga ilmas kalondimog`ingdan-ey. {x3}

    Kalondimog`ingdan-ey… {x3}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.