• Yulduz Turdiyeva - Ona men keldim degin

    Yulduz Turdieva

    Ona men keldim degin

    Bolam, kelsang qay mahal,
    Ko`zim yo`lingga mahtal,
    Qoshimga kelib har gal,
    Ona, men keldim, degin.

    Kechiksang, tundan so`rab,
    Holingni kundan so`rab,
    Turarman yo`ling poylab,
    Ona, men keldim, degin.

    Gado qildi bu hijron,
    Yo`limni to`sar dovon,
    Yengmasin desang armon,
    Ona, men keldim, degin.

    Ko`rmagin hech yomon kun,
    Baxtingni ko`ray butun,
    Yuragimga bo`l ustun,
    Ona, men keldim, degin.

    Bolam, kelsang qay mahal,
    Ko`zim yo`lingga mahtal,
    Qoshimga kelib har gal,
    Ona, men keldim, degin.

    Yaqinlashib qoldi kuz,
    Ko`ksimda bir hovuch tuz,
    Mador bo`lar bitta so`z:
    Ona, men keldim, degin.

    Umr – o`tkinchi shamol,
    Bir kun qaddim bo`lar dol,
    Shunda ham kelmay malol,
    Ona, men keldim, degin.

    Bolam, kelsang qay mahal,
    Ko`zim yo`lingga mahtal,
    Qoshimga kelib har gal,
    Ona, men keldim, degin.

    Tildan qolsam, so`zim bo`l,
    Nuri ketsa, ko`zim bo`l,
    Ortda qolar izim bo`l,
    Ona, men keldim, degin. (x2)

    Kelsa aytar kun vido,
    Qismat aylasa judo,
    Boshimda aylab duo,
    Ona, men keldim, degin. (x2)

    Bolam, kelsang qay mahal,
    Ko`zim yo`lingga mahtal,
    Qoshimga kelib har gal,
    Ona, men keldim, degin.

    Mana men keldim, degin,
    Yana men keldim, degin.