Yulduz Turdiyeva - Yorim ketoman deydi

Yulduz Turdieva

Yorim ketoman deydi

Ketsang ketaver yorim,
Ketsang nima parvoyim?
Bu jonim omon bo’lsa,
Qaytib kelar suygonim.

Yorim ketoman deydi,
Ketgizgani qo’ymayman. (x2)
Yo’llariga chim bosib-ey,
O’tqizgani qo’ymayman.

Samarqandning soyiga
Tushdi tillo uzugim,
Samarqandning soyiga, dod,
Tushdi tillo uzugim.

Qachon kelar ekanlar-ey,
Ul ko’zlari suzugim?
Qachon kelar maning, dod-ey,
Ul ko’zlari suzugim?

Ketsang ketaver yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?
Ooy, dod-a, ketsang ketaver yorim-a,
Ketsang nima parvoyim?

Bu jonim omon bo’lsa-yey,
Qaytib kelar suygonim.
Bu jonim omon bo’lsa, dod,
Qaytib kelar suygonim.

Bog’ oralab yuribman,
Yorimni bir ko’ray deb.
Agar yorim uchrasa,
Visolidin to’yoy deb.

Hijroningda o’ldim yor,
Saning uchun kuydim yor.
Kel, dilimni og’ritmay,
Sani jondan suydim yor.

Kel, dilimni og’ritmay,
Sani jondan suydim yor. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yorim ketoman deydi
Xonanda:
Yulduz Turdieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2015