“Gulim” deding, bog`ingda
Guldek o`sgan edimmi? (x2)
Gul shoxidek egilib,
Yo`ling to`sgan edimmi? (x2)

Adolik-adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi?
Adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi?

Sohibjamol qizlarning
Bo`lgan esang adosi,
Yengil emas, bilib qo`y,
Muhabbatning savdosi.

Sevsang qaysi suluvni,
Sinog`ini ko`rarsan.
Muhabbatning hijronu
Qiynog`ini ko`rarsan.

Tutib olmoqchi bo`lsang,
Bilgingki qushmas qizlar.
Qizil olma misoli
Og`zingga tushmas qizlar!
Qizil olma misoli
Yoningga tushmas qizlar!

Adolik-adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi?
Adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi?

Bir kun deding “Hoy, suluv!
Olding aqlu hushimni”.
Bizda aqlu hush yo`qmi?
Suvlarga ayt tushingni! (x2)

“Evoh, qilding” deb ado,
Yo`limda bo`lding paydo.
Yo`limda bo`lib paydo,
Deysan: “adoman, ado!”

Adolik-adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi?
Adolik nadir o`zi?
Shaydolik nadir o`zi? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Adolik
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2016