Yulduz Usmonova - Ayt qachon ishonasan

Yulduz Usmonova

Ayt qachon ishonasan

Seni sevdim, jonim, sevdim betakror,
Sen qalbim ardog`i, gul yuzli nigor.
O`tdi yozu qishlar, o`tmoqda bahor,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

O`tdi yozu qishlar, o`tmoqda bahor,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?

Ishonasan sevgi dostonlariga,
Bahorning qizg`aldog`, alvonlariga,
Hatto munajjimning yolg`onlariga,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

Senga ko`kdan oyni uzmagan edim,
Yulduzlardan marjon tikmagan edim,
Hech kimni senchalik sevmagan edim,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?

Sensiz kunduzlarim kunga o`xshamas,
Uyqusiz kechalar tunga o`xshamas,
Hech qaysi yaxshilar senga o`xshamas,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

Dunyo yaxshilari senga o`xshamas,
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor?

Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?
Ayt, qachon sevgimga ishonasan yor,
Ishonasan yor, menga?

Ishonasan yor, menga?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt qachon ishonasan
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2016